
Xabaringiz bor, Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi shu kunga qadar bir nechta xorijiy universitetlar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatib kelmoqda.
Bugun Assotsiatsiya xodimlari dunyoning TOP-500 ro’yxatiga kiruvchi V.N.Karazin nomidagi Xarkov Milliy Universiteti mas’ullari bilan onlayn muloqot qildilar.
Muloqot davomida tomonlar o’rtasida oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan memorandum imzolandi. Universitet bilan hamkorlikda konsalting xizmati koʻrsatish boʻyicha fikrlar almashildi va hamkorlik masalalari kelishib olindi.










