O’ZBEKISTON TASHQI ISHLAR VAZIRLIGI RAHBARI AFG’ONISTON TASHQI ISHLAR VAZIRI BILAN UCHRASHDI

2016-yilning 17-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasida ishtirok etish uchun Toshkent shahriga kelgan Afg‘oniston Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Salohiddin Rabboni bilan uchrashdi, deb xabar beradi O’zbekiston Tashqi siyosat mahkamasi matbuot xizmati.


Muloqot chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qilindi va hamkorlikni yanada rivojlantirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi ta’kidlandi.

Uchrashuv doirasida vazirlar O‘zbekiston Respublikasi bilan Afg‘oniston Islom Respublikasi o‘rtasida ushlab berish to‘g‘risida Bitim imzoladilar.

Uchrashuvda Afg‘oniston Elchisi Sayid Shahobiddin Timuriy ishtirok etdi.

Anvar Ilyasov olgan surat