Ukraina universitetlarida tahsil olayotgan O’zbekistonlik talabalarni Ukrainadagi O’zbekiston talabalar ittifoqining yig’ilishida ishtirok etishga taklif qilamiz.

Tadbir 2019 yil 18-noyabr kuni soat 15:00 da S. Kuznets nomidagi Xarkov milliy iqtisodiy universitetida bo’lib o’tadi. Tadbir O’zbekiston Respublikasining Ukrainadagi elchixonasi, “INJEC” biznes markazi va Ukrainadagi O’zbekiston talabalar uyushmasi ko’magida tashkil etiladi . Uchrashuvda sizni joriy masalalar, yangi koordinatorni saylash, saylov jarayoni, bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash masalalari, shuningdek, sizning Ukrainada istiqomat qilishingiz va o’qishingizga bevosita aloqador masalalar bilan tanishtirish rejalashtirilgan.










