10.05.2019
Shavkat Mirziyoyev ajdodlar xotirasini yod etdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-may kuni poytaxtimizdagi Xotira maydoniga tashrif buyurdi. Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo‘yib, tinchlik uchun, avlodlar kelajagi uchun jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Motamsaro ona siymosida urushing barcha dardu tashvishlari, mudhish oqibatlari mujassam. Chunki el-yurt himoyachilarini voyaga yetkazgan ham, urushning azob-uqubatlarini eng ko‘p tortgan ham mushtipar onalardir.
Shukurki, bugun mamlakatimiz tinch-osoyishta. O‘g‘il-qizlar…




















