SLOVAKIYA DELEGATSIYASI O‘ZBEKISTONGA TASHRIF BUYURADI

2016-yilning 2-4-noyabr kunlari Slovakiya Respublikasining Tashqi va Yevropa ishlari vazirligi Davlat kotibi Lukash Parizek boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyuradi, deb xabar beradi O’zbekiston Tashqi siyosat mahkamasi matbuot xizmati.

Tashrif dasturidan vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundida ishtirok etish, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qilish hamda Samarqand viloyatida bo‘lish o‘rin olgan.