O‘ZBEKISTON DELEGATSIYASINING BELARUSGA TASHRIFIGA DOIR

2016-yilning 26-28-oktabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Ulug‘bek Rozukulov boshchiligidagi delegatsiya Belarus Respublikasiga tashrif buyuradi.

O‘zbekiston-Belarus kelishuvlariga binoan delegatsiya turli darajalarda ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘tkazadi hamda 28-oktabr kuni Minsk shahrida bo‘lib o‘tadigan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi