Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida “Ta’lim va karera” 18-xalqaro ko’rgazmasi bo’lib o’tdi.

photo_2018-03-23_10-34-55

Ko’rgazmaning asosiy maqsadi – O’zbekiston Respublikasida va xorijiy mamlakatlarda zamonaviy o’qitish metodikalari bilan tanishish va ular o’rtasida tajriba almashish, shuningdek, yoshlarni va aholini kasb-hunar ta’lim muassasalarini tanlashda yordam berishdir.

Ko’rgazmada:

  • Chet el va Mamlakatimizdagi Oliy o’quv yurtlari;
  • O’rta maxsus ta’lim muassasalari;
  •  Til markazlari.
  • Xususiy maktablar, 
  • Malaka oshirish institutlari;

Ko’rgazma yillari davomida jami 35 dan ortiq universitet, O’zbekiston Respublikasining 40 ta ta’lim markazi, Yevropa, Osiyo, Latviya, Ukraina, Rossiya va boshqa mamlakatlardagi ta’lim muassasalari ishtirok etdi.  “Ta’lim va karyera” ko’rgazmasiga tashrif buyurganlarning umumiy soni 50 ming kishidan oshdi.  Ko’rgazmaning asosiy mehmonlari 14 yoshdan 25 yoshgacha bo’lgan ilmga chanqoq yoshlardir.

!31 !32 !33 !34 !35 !36