22.05.2019
O‘zbekiston Prezidenti Xalqaro valyuta jamg‘armasi boshqaruvchi direktorini qabul qildi
Bugun, 17-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Xalqaro valyuta jamg‘armasi boshqaruvchi direktori Kristin Lagardni qabul qildi.
Davlatimiz rahbari oliy martabali mehmonni samimiy qutlar ekan, O‘zbekiston va Xalqaro valyuta jamg‘armasi o‘rtasidagi amaliy muloqot va o‘zaro manfaatli hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.
2017-yilning sentyabrida Nyu-York shahrida va joriy yil aprel oyida Pekin…




















