“Mehr” Insonparvarlik operatsiyasi – bag’rikenglik va oliyjanoblik ifodasi

Davlatimiz tomonidan muborak Ramazon oyida yana bir xayrli, ulkan ahamiyatga ega “Mehr” insonparvarlik operatsiyasi amalga oshirildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig’iga binoan, 156 nafar vatandoshlarimiz, asosan ayollar va bolalar Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolar hududidan yurtimizga qaytarildi. Ular 30- may kuni maxsus aviareysda Toshkent shahriga olib kelindi.

Aldov oqibatida o’zga yurtga borib qolib, og’ir hayotiy davrni boshidan o’tkazgan bu insonlarga hukumatimiz tomonidan tibbiy, psixologik, moddiy va ma’naviy yordam ko’rsatildi. Ularni tinch hayotga qaytarib, jamiyatga moslashishlari, ta’lim va ijtimoiy dasturlarda ishtrok etishlari uchun zarur sharoit yaratiladi, boshpana va ish bilan ta’minlash choralari ko’riladi.