15.10.2016
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING «KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH TO‘G‘RISIDA»GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI LOYIHASINI KIRITISH HAQIDA QONUNCHILIK TASHABBUSI
O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga
Mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyati qurishning umumiy strategiyasini amalga oshirish doirasida qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, sud-huquq tizimini isloh qilish yuzasidan qator chora-tadbirlar izchil amalga oshirib kelinmoqda.…

















