O`zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Sarvar Otamurodov o`smirlarga sogliq uchun zararli bolgan quvvat beruvchi ichimliklarni sotishni taqiqlashni taklif qilmoqda.
“Hammamizga ayonki, bugun jahonda oziq-ovqat havsizligini ta`minlash dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Madomiki shunday ekan, aholining ovqatlanish xilma-xilligini kengaytirish, mamlakatimizda sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni ko`paytirish va bunda genlarni modifikatsiya qilish usulidan foydalanishni cheklash, shu bilan birga, aholining ovqatlanish madaniyatini yuksaltirish eng asosiy vazifalarimiz sirasiga kiradi”-qayd etdi u.
“Millat genofondini asrash va soglom avlodni voyaga yetkazish maqsadida o`smirlarga sogliq uchun zararli bo`lgan quvvat beruvchi ichimliklarni sotishni taqiqlash va bu borada marifiy-tushuntirish ishlarini tizimli yo`lga qoyish lozim. "Xalqi soglom va barkamol bolgan bo`lgan mamlakat kuchlidir!” tamoilini amalda izchillik bilan rivojlantirish zarur”,-ta`kidladi Otamurodov










