Bosh sahifa

Извините, этот текст доступен только в “Русский”.

Shavkat Mirziyoyev: O‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho ma’naviy boylik, buyuk qadriyatdir

Yangi muhtasham «Kongress-xoll» saroyida 21-oktabr kuni o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbari yig‘ilganlarni, butun xalqimizni ushbu tarixiy sana bilan tabrikladi.

– Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho ma’naviy boylik, buyuk qadriyatdir. Kimda-kim o‘zbek tilining bor latofatini, jozibasi va ta’sir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi bo‘lsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, o‘lmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qo‘shiqlariga quloq tutsin, – dedi Prezident.

O‘zbek tili turkiy tillar oilasiga mansub eng yirik tillardan biridir. Dunyo miqyosida bu tilda 50 millionga yaqin odam so‘zlashadi.

Mustabid tuzum davrida tilimizni yo‘qotishga ko‘p urinishlar bo‘lgan edi. Lekin xalqimiz o‘z ona tilini – milliy g‘ururini saqlab qoldi. Millatparvar ziyolilar, tilimiz fidoyilarining jonkuyarligi natijasida 1989-yil 21-oktabr kuni qabul qilingan qonunga asosan, o‘zbek tili mamlakatimizda davlat tili maqomiga ega bo‘ldi.

Ushbu tarixiy sanadan o‘ttiz yil o‘tib bu borada yana bir qutlug‘ qadam qo‘yildi. Prezidentimiz 2019-yil 21-oktabr kuni «O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» farmon qabul qildi. Unga binoan 21 oktyabr sanasi yurtimizda «O‘zbek tili bayrami kuni» deb belgilandi. Ona tilimiz fidoyilari, butun xalqimiz bu xushxabarni katta xursandchilik bilan qarshi oldi.

Prezident ona tilimizning davlat va jamiyat hayotidagi ta’siri va mavqeini yanada oshirish, «Davlat tili haqida»gi qonunni bugungi kun talablaridan kelib chiqib takomillashtirish zarurligini ta’kidladi. Bu boradagi dolzarb vazifalarni ko‘rsatib o‘tdi.

– Har birimiz  davlat tiliga bo‘lgan e’tiborni mustaqillikka bo‘lgan e’tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni, ona vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev. – Bu olijanob harakatni barchamiz o‘zimizdan, o‘z oilamiz va jamoamizdan boshlashimiz, ona tilimizga, urf-odat va qadriyatlarimizga hurmat, Vatanga mehrimizni amaliy faoliyatda namoyon etishimiz kerak.

Tantanali tadbirda deputat va senatorlar, hukumat a’zolari, davlat va jamoat arboblari, diplomatik korpus vakillari, tilshunos olimlar va pedagoglar, yoshlar ishtirok etdi.

O‘zbekiston 2020-yilda MDHga raislik qiladi

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi sammiti keng doiradagi muzokaralar bilan davom etdi.

Davlat rahbarlari mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan kompleks masalalarni muhokama qilib, tomonlarni qiziqtirgan xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasining 2020-yilda MDHga raisligi qo‘llab-quvvatlangani uchun minnatdorlik bildirib, mamlakatimiz raisligi davomida tashkilot doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirish va samaradorligini oshirishga ustuvor e’tibor qaratilishini ta’kidladi.

Hamdo‘stlikni yanada rivojlantirish konsepsiyasi va 2030-yilga qadar davrda iqtisodiy rivojlantirish strategiyasini qabul qilishni jadallashtirish taklif etildi.

Savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, erkin savdo zonasi to‘liq ishlashini ta’minlash, ishlab chiqarish kooperatsiyasini chuqurlashtirish va uchinchi mamlakatlar bozorini o‘zlashtirish, agrar soha, energetika va telekommunikatsiyalar tarmog‘idagi hamkorlikni kengaytirish, ilmiy, innovatsion va ta’lim dasturlarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Davlatimiz rahbari o‘n yilga mo‘ljallangan Transport va tranzit yo‘laklarini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini va Hududlararo hamkorlik konsepsiyasini ishlab chiqish muhimligini ta’kidladi.

Kelgusi yili yurtimizda birinchi MDH hududlararo forumi bo‘lib o‘tadi, shuningdek, MDH savdo-sanoat palatalari rahbarlari kengashi majlisini o‘tkazish, uning doirasida Hamdo‘stlikning ishbilarmonlik tashabbuslari haftaligini tashkil qilish taklifi bildirildi. 

Shuningdek, axborot xavfsizligi, madaniy-gumanitar hamkorlik bo‘yicha ham qator tadbirlar rejalashtirilgan.

Muzokaralar yakunida hujjatlar imzolandi. 2020-yilda MDHga raislik O‘zbekiston Respublikasiga o‘tishi to‘g‘risida qaror, Strategik iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida deklaratsiya, Sovet xalqining 1941-1945-yillar Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan G‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan MDHga a’zo davlatlar rahbarlarining Hamdo‘stlik mamlakatlari xalqlari va xalqaro hamjamiyatga murojaati, 2020-2022-yillarda terrorizm va ekstremizmning boshqa zo‘ravonlik ko‘rinishlariga qarshi kurashish  bo‘yicha hamkorlik dasturi va boshqa hujjatlar qabul qilindi.

O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bokuga kelgach, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashdi.

Davlat rahbarlari o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalarini muhokama qilib, bu borada birinchi galdagi vazifalarni belgilab oldilar.

Mamlakatlarimiz yetakchi kompaniyalari va tadbirkorlari darajasida ishbilarmonlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport va boshqa ustuvor tarmoqlarda kooperatsiyani rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Ikki tomonlama hukumatlararo komissiya faoliyatini jonlantirish hamda O‘zbekiston va Ozarbayjon hududlari delegatsiyalarining o‘zaro tashriflarini tashkil etishga kelishib olindi.

Ilhom Aliyev Shavkat Mirziyoyevni mamlakatimiz Turkiy tilli davlatlar kengashiga qo‘shilgani bilan tabriklab, bu, shubhasiz, ikki tomonlama munosabatlarni, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlashga yangi sur’at bag‘ishlashini qayd etdi.

Davlatimiz rahbari sammit yuksak darajada tashkil etilganini alohida ta’kidladi va Ozarbayjonning tashkilotda muvaffaqiyatli raislik qilishini tiladi.

Uchrashuv yakunida Prezidentlar ko‘p asrlik do‘stlik va strategik sheriklikka asoslangan O‘zbekiston-Ozarbayjon munosabatlarini yanada mustahkamlash borasida intilishlari qat’iy ekanini tasdiqladilar.

Muhammadiyeva Sevara Komil qizi

photo_2019-06-03_23-51-19

Muhammadiyeva Sevara Komil qizi

Tug’ilgan yili: 11.03.1996

Tug’ilgan joyi: Jizzax shahar

Telefon: +38(093)1145059

e-mail: asisis.mam@gmail.com

Ma’lumoti:
2002-2011 yil  Jizzax shahar 4-sonli o’rta ta’lim maktabi

2011-2014 JDPI qoshidagi 1- sonli Akademik Litsey (Imtiyozli Diplom)

2016-   Dnepropetrovsk Milliy Temiryo’l Transport universiteti talabasi.

Ijtimoiy faoliyati va erishgan yutuqlari: 

2016-2019 Dnepropetrovsk universitetlarida tahsilolayotgan xorijlik talabalar o’rtasida bo’lib o’tgan ilmiy-amaliy konferensiyalar ishtrokchisi.

2017- Oliy o’quv yurtlari talabalari orasida bo’lib o’tgan konferensiyasi g’olibasi.

2018- “Xorijlik talaba” festivali qatnashchisi

2019-  “Millatlar Ligasi” bellashuvi ishtrokchisi

Sportdagi erishgan yutuqlari:

2016-Tekwondo ITF bo’yichaDnepropetrovsk Viloyat Chempioni

2017- Tekwondo ITF bo’yicha 1-Yevropa Ochiq Chempionati va Kuboki musobaqasi Chempioni   2 ta 1-o’rin(Tul’ va sparing)

2018- Tekwondo ITF bo’yicha Moldova Poytaxti Kishinevda bo’lib o’tgan Yevropa Kubogi 2 ta 1-o’rin(Tul’ va sparing)

2018-  Tekwondo ITF bo’yicha 1-DAN qora belbog’ sohibasi.

2019- Kozackiy jang bo’yicha Dnepropetrovsk ochiq chempionati g’libasi.

“Mehr” Insonparvarlik operatsiyasi – bag’rikenglik va oliyjanoblik ifodasi

Davlatimiz tomonidan muborak Ramazon oyida yana bir xayrli, ulkan ahamiyatga ega “Mehr” insonparvarlik operatsiyasi amalga oshirildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig’iga binoan, 156 nafar vatandoshlarimiz, asosan ayollar va bolalar Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolar hududidan yurtimizga qaytarildi. Ular 30- may kuni maxsus aviareysda Toshkent shahriga olib kelindi.

Aldov oqibatida o’zga yurtga borib qolib, og’ir hayotiy davrni boshidan o’tkazgan bu insonlarga hukumatimiz tomonidan tibbiy, psixologik, moddiy va ma’naviy yordam ko’rsatildi. Ularni tinch hayotga qaytarib, jamiyatga moslashishlari, ta’lim va ijtimoiy dasturlarda ishtrok etishlari uchun zarur sharoit yaratiladi, boshpana va ish bilan ta’minlash choralari ko’riladi.

O‘zbekiston Prezidenti Xalqaro valyuta jamg‘armasi boshqaruvchi direktorini qabul qildi

Bugun, 17-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Xalqaro valyuta jamg‘armasi boshqaruvchi direktori Kristin Lagardni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari oliy martabali mehmonni samimiy qutlar ekan, O‘zbekiston va Xalqaro valyuta jamg‘armasi o‘rtasidagi amaliy muloqot va o‘zaro manfaatli hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

2017-yilning sentyabrida Nyu-York shahrida va joriy yil aprel oyida Pekin shahrida o‘tgan ikki tomonlama muzokaralar samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va yanada kengaytirishga xizmat qilgani ta’kidlandi.

Bugungi kunda jamg‘arma mamlakatimizda ilg‘or xalqaro tajriba va bilimlar asosida keng miqyosli islohot va yangilanishlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda muhim sheriklardan biri ekani alohida qayd etildi.

Keyingi ikki yilda jamg‘armadan jalb etilgan texnik ko‘mak hajmi sezilarli darajada ortdi: mamlakatimizga XVJning 14 missiyasi tashrif buyurdi, soliq va moliya sohalari bo‘yicha yetakchi xalqaro konsultant va ekspertlar jalb etildi.

Jamg‘arma ko‘magida O‘zbekiston XVJ statistika ma’lumotlari tarqatishning umumiy tizimiga qo‘shildi, Markaziy bank va valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi qonunlarning yangi tahriri loyihasi ishlab chiqildi, yangi Soliq siyosati va ma’muriyatchiligi konsepsiyasi va boshqalar joriy etildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Xalqaro valyuta jamg‘armasining hamkorligi istiqbollari batafsil muhokama qilindi va bu boradagi ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.

Pul-kredit va soliq-byudjet siyosatini takomillashtirish, monetar siyosatning samarali vositalarini joriy etish, mamlakatimizda ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash hamda boshqa yo‘nalishlarda faol hamkorlikni davom ettirishga alohida e’tibor qaratildi.

O‘z navbatida, XVJ boshqaruvchi direktori O‘zbekistonga tashrif bilan kelish taklifi hamda ko‘rsatilayotgan samimiy qabul uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirdi. Kristin Lagard jamg‘arma mamlakatimizda barcha tarmoq va yo‘nalishlarni qamrab olgan holda faol amalga oshirilayotgan islohotlarni yuksak baholashini alohida ta’kidladi.

O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda yaxshi qo‘shnichilikni mustahkamlash va o‘zaro ishonchni oshirish, mintaqaviy savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni kengaytirish borasidagi sa’y-harakatlari alohida qayd etildi.

Uchrashuv yakunida Kristin Lagard Xalqaro valyuta jamg‘armasi mamlakatimizda samarali islohotlarni amalga oshirish va iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlashga har tomonlama ko‘maklashishni davom ettirishga tayyor ekanini tasdiqladi.

Mamadaliev Avazbek Axmad o’g’li

photo_2019-04-27_20-15-12

Mamadaliev Avazbek Ahmadali Ugli

Tug’ilgan yili: 01/02/1996

Tug’ilgan joyi: Andijon viloyati, Izboskan tumani.

Telefon: +38 (099) 4571607

g-pochta: mamadaliev.avazbek@bk.ru

Ta’lim:
2001-2012 yil 8-sonli maxsus maktab-internat

2012-2013 Izboskanskiy agrar kolleji

2016 yilda Donetsk milliy tibbiyot universiteti talabasi. (Kirovograd)

IJTIMOIY FAOLIYaT VA YuTUQLAR

2009-2010 yil Andijon shahri, geografiya bo’yicha olimpiada ishtirokchisi.

2010 yil shaxmat bo’yicha chempionatning ishtirokchisi.

2016 yilda Donetsk milliy tibbiyot universiteti rus tilidagi olimpiada ishtirokchisi.

2016-2019 Milliy Tibbiyot Universitetida Navro’z Bayram tashabbuskori, ishtirokchisi.

2017 – Ukrainadagi O’zbekiston talabalar uyushmasining Milliy tibbiyot universitetida vakili

2018 – Kropivnitskdagi O’zbekiston Yoshlar jamiyati Assotsiatsiyasining vakili

Shavkat Mirziyoyev ajdodlar xotirasini yod etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-may kuni poytaxtimizdagi Xotira maydoniga tashrif buyurdi. Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo‘yib, tinchlik uchun, avlodlar kelajagi uchun jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Motamsaro ona siymosida urushing barcha dardu tashvishlari, mudhish oqibatlari mujassam. Chunki el-yurt himoyachilarini voyaga yetkazgan ham, urushning azob-uqubatlarini eng ko‘p tortgan ham mushtipar onalardir.

Shukurki, bugun mamlakatimiz tinch-osoyishta. O‘g‘il-qizlar sog‘-salomat, ota-onalarning ko‘nglida halovat. 9-may – Xotira va Qadrlash kuni bizni shu osuda hayotning qadriga yetishga, barcha xalqlar bilan do‘st va hamkor bo‘lib, yorug‘ kelajak bunyod etishga da’vat qiladi. 

Ushbu sana munosabati bilan turli vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari vakillari ham Motamsaro ona haykali poyiga gullar qo‘ydi. Bu yerga kelgan yoshlar ota-bobolari, bugungi yorug‘ kunlar uchun fido bo‘lgan insonlarni yod etib, tinchlik qadri va ahamiyati haqida xulosalar chiqardi.

Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri Toshkent botanika bog‘ida bo‘lib o‘tadi.

Dunyo madaniyatlarning xayriya yarmarkasi

Dunyo madaniyatlarning xayriya yarmarkasi

 photo_2019-05-03_23-04-54 photo_2019-05-03_23-04-57

Joriy yilning 3-may kuni Xarkov milliy  tibbiyot universiteti tashabbusi bilan an’anaviy “Madaniyat yarmarkasi” bo’lib o’tdi.  Bu yil har yili o’tkaziladigan madaniy va ma’rifiy tadbirlar Xarkov shahridagi 3-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun xayriya mablag’larini jalb qilish orqali  uyushtirildi.

Festivalda Xarkov milliy tibbiyot universitetida tahsil olayotgan 13 mamlakatning talabalari o’zlarining madaniyatini namoyish qildilar.  Jumladan Gana, Nigeriya, Vyetnam, Hindiston, Livan, Xitoy, Misr, Afg’oniston, O’zbekiston, Tojikiston, Ozarbayjon, Gretsiya va Ukraina kabi davlatlarning vakillari o’zlarinig milliy urf-odatlarini namoyish etdilar.

Festivalni xorijiy fuqarolarni tayyorlash o’quv va ilmiy instituti direktori Dmitriy Marakushin ochib, tadbir ishtirokchilarini tabrikladi.  “Xarkov milliy tibbiyot universitetida  – bu kabi jahon madaniyatini nishonlash, talabalik, do’stlik va o’zaro hurmat ruhini talabalarga singdirish juda yaxshi an’anaga aylangan.  Universitet ma’muriyati har doim va kelajakda festivallarni qo’llab-quvvatlab, chet ellik talabalar va Ukraina fuqarolari o’rtasida do’stlik va o’zaro hurmatni kuchaytirishga yordam beradi.  Sizlarga baxt-omad, sog’lik-salomatlik, o’zingizga ishonch va barcha yaxshi tilaklarni tilayman “, dedi Dmitriy Igorevich.

photo_2019-05-03_23-05-04

Viloyat davlat boshqaruvi boshqarmasi Ilm-fan va ta’lim departamenti direktori Larisa Karpova  xalqaro forum ishtirokchilarini tabrikladi: “Bunday festivallar dunyoning ko’plab mamlakatlarining noyob madaniy an’analarini ommalashtirishga yordam beradi va Ukrainaning ta’lim muassasalarida, xususan, Xarkovdagi milliy tibbiyot universitetida ta’lim olayotgan talabalarning etnik muhitining o’ziga xos ranglari bilan tanishadi.  Ushbu forum xayriya tashkil etish niyatidamiz. ”

Ko’rgazmada O’zbekistonlik talabalar, O’zbek milliy madaniyat markazi hamda   O’zbekiston talabalarining Ukrainadagi uyushmasining ko’magi ostida  qatnashdilar.  Tadbirda  Ukrainadagi o’zbek yoshlarining Koordinatori va O’zbekiston talabalarining Ukrainadagi uyushmasi raisi Axundjanov Xumoyunmirzo mazkur tadbir tashkilotchilariga universitet rahbariyatiga minnatdorchilik bildirib, tadbirning barcha ishtirokchilarini chin dildan muborakbod etdi.

photo_2019-05-03_23-05-33

Tadbir mehmonlari rangli liboslar bilan tanishish va har bir mamlakatning milliy taomlaridan turli xil taomlarni sinab ko’rish imkoniga ega bo’lishdi.  Shuningdek, tadbir davomida  taqdim etilayotgan mamlakatlarning xalqparvarlik g’oyalarini eshitish va milliy raqslarni ko’rinishidan bahramand bo’ldilar.

Festival tibbiyot universitetining madaniyatlararo muloqoti uchun haqiqiy platforma bo’lib,  jamiyatning  yordamga muhtoj qatlamlariga xayriya yordami ko’rsatish uchun barchani birdamlik ruhida jamladi.