Извините, этот текст доступен только в “Українська і “Русский”.
(Українська) Угода між Урядом України та Урядом Республіки Узбекистан про взаємне визнання та еквівалентність документів про освіту та вчені звання
18.10.2016
2016-yilning 17-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasida ishtirok etish uchun Toshkent shahriga kelgan Afg‘oniston Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Salohiddin Rabboni bilan uchrashdi, deb xabar beradi O’zbekiston Tashqi siyosat mahkamasi matbuot xizmati.
Muloqot chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qilindi va hamkorlikni yanada rivojlantirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi ta’kidlandi.
Uchrashuv doirasida vazirlar O‘zbekiston Respublikasi bilan Afg‘oniston Islom Respublikasi o‘rtasida ushlab berish to‘g‘risida Bitim imzoladilar.
Uchrashuvda Afg‘oniston Elchisi Sayid Shahobiddin Timuriy ishtirok etdi.
Anvar Ilyasov olgan surat
Shu yil 15-oktabr kuni O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan Toshkent viloyatining Bo’stonliq tumanida joylashgan “Xon baliq” forel xo’jaligining so’lim dam olish maskanida “Men sevgan o’zbek taomi” I- Xalqaro pazandachilik festivali bo’lib o’tdi.

O’zbekiston Oshpazlar uyushmasi, Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik vakolatxonalarga xizmat ko’rsatish boshqarmasi hamda O’zbekiston Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bilan o’zaro hamkorlikda tashkil etilgan ushbu tadbirda mamlakatimizda faoliyat ko’rsatayotgan AQSh, Germaniya, Fransiya, Italiya, Ruminiya, Jazoir, Slovakiya Qozog’iston, Tojikiston singari va boshqa qator xorijiy mamlakatlarning diplomatiya vakolatxonalari diplomatlari, xalqaro tashkilotlar, respublikamiz vazirlik va idoralari vakillari, turli qo’shma korxonalar rahbarlari ishtirok etdilar. Ushbu o’ziga xos anjumanni uyushtirishdan ko’zlangan maqsad o’zbek milliy mehmondo’stligi, uzoq asrlardan meros bo’lib kelayottan an’analar va milliy pazandachilik san’ati sirlarini dunyo hamjamiyati va xalqlari orasida targ’ib etish bilan izohlanadi.
Festivalning ochilish marosimida Tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Dilyor Hakimov uning ishtirokchilarini qutlar ekan, mazkur tadbir O’zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan madaniy aloqalarini yanada mustahkamlashga hissa qo’shishiga ishonch izhor etib, birinchi marotaba o’tkazilayotgan Xalqaro pazandachilik festivali kelajakda an’anaga aylanib qolajagiga umid bildirdi.
Indoneziya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Anak Agung Gde Alita Santika o’z chiqishida ushbu festival tashkilotchilariga o’z minnatdorligini bildirar ekan, ikki mamlakat o’rtasida turli sohalarda, jumladan, madaniyat sohasidagi aloqalar tobora rivojlanayotganini ta’kidladi. U yaqinda “Indoneziya an’anaviy taomlari” kitobi o’zbek tilida chop etilganini va har ikki mamlakatda bu yo’nalishdagi ishlar davom etayotganini ma’lum qildi.
Shuningdek, tadbirning ochilish marosimida O’zbekiston- Germaniya do’stlik jamiyatining ijrochi direktori Galina Astashova ham o’z chiqishida jamiyatning ijtimoiy yo’nalishdagi hamkorlik munosabatlari xususida atroflicha to’xtaldi. U ham “Men sevgan o’zbek taomi” Xalqaro pazandachilik festivali ko’pchilikning sevimli anjumaniga aylanib qolishiga ishonch bildirib, ushbu festivalga kattadan-katta muvaffaqiyatlar tiladi.
Tadbir doirasida respublikamizning deyarli barcha viloyatlari va Toshkent shahri vakillari o’z hududlarida nom qozongan taomlarini, shuningdek, Rossiya, Indoneziya, Ozarbayjon, Bangladesh, Xitoy, Ukraina, Qirg’iziston va boshqa qator xorijiy mamlakatlarning O’zbekistondagi elchixonalari ham o’zlari tayyorlagan taomlarni muvaffaqiyat bilan namoyish etdilar.
I- Xalqaro pazandachilik festivali doirasida “Men sevgan o’zbek taomi” mavzusidagi ko’rik-tanlov uyushtirildi. O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi tizimida “Oshpazlik” yo’nalishi bo’yicha mutaxassislar tayyorlanadigan kollej yoshlari hamda mohir oshpazlar o’rtasida “Hududiy taomlar tayyorlash texnologiyasi”, “Shohona taom – palov” mavzusidagi ko’rik-tanlovlar ham tashkil etildi.
Bulardan tashqari, respublikamiz viloyatlarida “Gastronomik turizm” xaritasini tuzish maqsadida viloyatning yetakchi umumiy ovqatlanish korxonalari o’rtasida “Hududiy antiqa taom” mavzusidagi ko’rik-tanlov ham o’tkazildi.
Festival doirasida “Hududiy taomlar tayyorlash texnologiyasi” va “Hududiy antiqa taom” tanlovlari ishtirokchilari “Oltin pichoq” respublika ko’rik-tanlovining viloyat bosqichi sovrindorlari sifatida respublika bosqichida bellashdilar. Ular tomonidan tayyorlangan taomlar tajribali mutaxassislardan iborat hay’at a’zolari tomonidan xolis baholandi.
– Bugungi kunda qator o’zbek milliy taomlari nafaqat mintaqamizda, balki juda ko’p xorijiy mamlakatlarda ham ma’lum va mashhurdir, – dedi O’zbekiston Oshpazlar uyushmasi raisi Akbar Umarov “Jahon” axborot agentligi muxbiri bilan bo’lib o’tgan suhbat chog’ida. – Chunki O’zbekiston jahon sayyohlik markazlaridan biri bo’lgani bois o’lkamizga juda ko’p sayyohlar kelishadi. Shunday bo’lsa-da, biz xalqimizning o’ziga xos va betakror milliy taomlarini chet ellarda targ’ib etishga katta e’tibor qaratayotirmiz. Uyushmamiz mutaxassislari tomonidan tayyorlangan “O’zbek an’anaviy taomlari” kitobi o’zbek, rus, ingliz va nemis tillarida chop etildi, “O’zbek urf-odatlari, an’analari va milliy taomlari” nemis tilida nashrdan chiqdi. Yaqinda “Indoneziya an’anaviy taomlari” kitobi o’zbek tilida o’quvchilar e’tiboriga taqdim etildi. Biz 30 xil o’zbek milliy taomlarini xorijiy mamlakatlardagi qo’llanmalarga kiritish borasidagi ishlarni izchil davom ettirmoqdamiz.
Anjuman doirasida o’zbek san’atkorlari hamda mamlakatimizda faoliyat ko’rsatayotgan turli milliy-madaniy markazlar tomonidan tayyorlangan kuy-qo’shiq va raqslar namoyishi tadbirga alohida shukuh bag’ishladi.
Shuhrat Umirov, “Jahon” AA
Muallif olgan suratlar.

2016-yilning 17-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga tashrif buyurgan Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Iyad Amin Madani bilan uchrashdi, deb xabar beradi O’zbekiston Tashqi siyosat mahkamasi matbuot xizmati.
Suhbat davomida O‘zbekistonning Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashidagi raisligi doirasida 18-oktabr kuni Toshkent shahrida ochiladigan TIVKning 43-sessiyasi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Muloqot chog‘ida vazirlar uchrashuvi kun tartibi va amaliy jihatlari yuzasidan fikr almashildi hamda bo‘lajak forumni muvaffaqiyatli o‘tkazishdan ikki tomon ham manfaatdorligi ta’kidlandi.
© 2016. O`zbekiston talabalarining Ukrainadagi uyushmasi